Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Tovah Feldshuh: “Nobody Wants This” jamoasida taranglik kuchaygani yo‘q

Netflix platformasidagi “Nobody Wants This” serialida Bina rolini ijro etgan Tovah Feldshuh jamoa ichidagi Isroil-Falastin mojarosi bo‘yicha kelishmovchiliklar haqida bayonot berdi.

Tovah Feldshuh: “Nobody Wants This” jamoasida taranglik kuchaygani yo‘q
Rasm: Variety

U Threads’dagi postida taranglik kuchaygani haqidagi fikrni rad etib, “taranglik emas, fikrlardagi chuqur farqlar” borligini yozdi. Feldshuhning ta’kidlashicha, bu masala suratga olish maydoniga olib chiqilmaydi. Aktyor serialni suratga olish jarayonidan mamnun ekanini va loyiha to‘rtinchi mavsumga uzaytirilishiga umid qilishini bildirdi.

Adam Brody sentyabr oyida GQ nashriga bergan intervyusida Falastin ozod bo‘lishini istashini aytgan va vaziyatni genotsid deb baholagan. Serial yaratuvchisi Erin Foster Brody fikriga qo‘shilmasligini, biroq bunday kelishmovchiliklar ish muhitiga ta’sir qilmasligini aytdi. Feldshuh avval bu bayonotga keskin norozilik bildirgan edi.