The Social Reckoning filmi prokatdagi ilk dam olish kunida muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Sony Pictures kompaniyasining The Social Reckoning filmi prokatdagi ilk dam olish kunida kutilgan e’tiborni qozona olmadi.

Film AQShda $5. 3 million daromad olib, reytingda beshinchi o‘rinni egalladi. Xorijiy bozorlardagi tushum esa atigi $3.
5 millionni tashkil etdi. Shu tariqa, taxminan $40 millionlik budjetga ega loyiha dunyo bo‘yicha $8. 8 million bilan start oldi.
Taqqoslash uchun, David Fincher rejissyorlik qilgan The Social Network 2010-yilda AQShda $22. 4 million bilan ochilib, jahon prokatida $225 million yig‘gan edi. The Social Reckoning filmi aralash baholarga uchradi.
Birinchi film ssenariysini yozgan Aaron Sorkin bu safar rejissyorlikni ham o‘z zimmasiga oldi. David Fincher esa 2020-yilda Netflix bilan to‘rt yillik eksklyuziv shartnoma imzolagan va boshqa loyiha ustida ishlayotgani sababli filmga qaytmadi.