Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

The Gilded Age 4-mavsum premyerasi tomoshabinlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi

HBO telekanalida namoyish etilayotgan The Gilded Age serialining 4-mavsum premyerasi loyiha tarixidagi eng yuqori tomoshabin ko‘rsatkichini qayd etdi.

The Gilded Age 4-mavsum premyerasi tomoshabinlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Rasm: Screen Rant

Variety xabariga ko‘ra, “Ring the Bells” deb nomlangan epizod HBO Max platformasi va an’anaviy teleefirda dastlabki uch kun ichida qariyb to‘rt million tomoshabin to‘plagan. Bu natija serialning 3-mavsum premyerasi bilan taqqoslaganda 25% ko‘p. 3-mavsumning dastlabki uch kundagi o‘rtacha ko‘rsatkichi 3.

2 million tomoshabinni tashkil etgan. Hisobotda, shuningdek, 3-mavsumning har bir qismi o‘rtacha 8. 8 million tomoshabin yig‘gani qayd etilgan.

The Gilded Age serialini Julian Fellowes yaratgan; loyiha XIX asr oxiridagi eski va yangi boylik vakillari haqidagi voqealarni yoritadi.