Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

“The Debut” Marrakech xalqaro kinofestivalini ochadi

Jesse Eisenberg rejissyorligidagi “The Debut” 23-Marrakech xalqaro kinofestivalining ochilish filmi etib belgilandi.

“The Debut” Marrakech xalqaro kinofestivalini ochadi
Rasm: Variety

Julianne Moore bosh rolni ijro etgan kartinada u jamoat teatridagi myuziklda rol olgan tortinchoq uy bekasi obrazini gavdalantiradi. Eisenberg va Moore tanlovdan tashqari gala namoyishida qatnashishi kutilmoqda. Festival 20-28 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Dasturda Luca Guadagninoning OpenAI asoschisi Sam Altman haqidagi “Artificial” filmi mintaqaviy premyera sifatida ko‘rsatiladi; unda Andrew Garfield rol ijro etgan. James Gray Adam Driver va Miles Teller ishtirokidagi “Paper Tiger” filmi bilan qaytadi. Shuningdek, Fellipe Barbosa rejissyorligidagi “Leila et la nuit” va Omar Hilalning “His Weakest Creatures” filmlari jahon premyerasini o‘tkazadi.

Dasturda John Turturro ishtirokidagi “The Only Living Pickpocket in New York” hamda Laïla Marrakchining “Strawberries” filmi ham bor.