Sebastian Stan The Batman: Part II filmidagi roli haqida: “Umid qilamanki, hammasi yaxshi chiqadi”
Marvel aktyori Sebastian Stan rejissyor Matt Reeves suratga olayotgan The Batman: Part II filmidagi sirli roli haqida gapirdi.

U bu loyihani faoliyatidagi “eng murakkab vaziyatlardan biri” deb atab, film juda katta maqsadlarni ko‘zlashini va “hammasi yaxshi chiqishiga” umid qilishini aytdi. Stan Reevesga katta ishonch bildirdi va rejissyor bu loyiha ustida uch yil ishlaganini ta’kidladi. Aktyor uchun film avvalgi ishlaridan keskin farq qilishi, aynan shuning uchun esa uni hayajonga solayotganini bildirdi.
Stan filmda Gotham shahrining mashhur prokurori Xarvi Dent, ya’ni Two-Face rolini ijro etishi mumkinligi haqida taxminlar bor, biroq bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan. Aktyorning aytishicha, u DC Studios hamraisi James Gunn bilan bog‘lanib, rolga qiziqish bildirgan. Matt Reeves esa The Apprentice filmidagi Stan ijrosini ko‘rib, u bilan suhbat boshlagan.