Scarlett Johansson The Batman Part II filmidagi sirli roli haqida gapirdi
Scarlett Johansson Matt Reeves rejissyorligidagi, DC Studios kompaniyasining 2022-yilgi filmi davomi bo‘lgan The Batman Part II filmidagi roli haqida fikr bildirdi.

Aktrisaning qahramoni hozircha oshkor qilinmagan. Entertainment Tonight nashrida chorshanba kuni e’lon qilingan intervyuda Johanssondan yaqinlashib kelayotgan The Exorcist: Martyrs va The Batman Part II loyihalari, shuningdek, qaysi rol uni odatdagi qulaylik doirasidan eng uzoqqa olib chiqqani so‘ralgan. U The Batman filmidagi rolni tilga olib, bu obraz unga “ko‘p ekzistensial iztirob” berganini aytdi.
Johansson rolni anglash va ishlab chiqish ayniqsa qiyin bo‘lganini, buning sababi esa rolning o‘zi yoki hayotidagi hozirgi davr bilan bog‘liqligini bilmasligini ta’kidladi. Aktrisa bu “ko‘p jihatdan og‘ir rol” bo‘lganini qo‘shimcha qildi.