Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Sandra Hüller Avengers: Doomsday filmida rol ijro etadi

Oscar mukofotiga nomzod bo‘lgan nemis aktrisasi Sandra Hüller Marvel Studios’ning Avengers: Doomsday filmida suratga tushadi.

Sandra Hüller Avengers: Doomsday filmida rol ijro etadi
Rasm: The A.V. Club

The Hollywood Reporter xabariga ko‘ra, aktrisa loyiha aktyorlar tarkibiga qo‘shilgan va hozir postprodakshn bosqichida bo‘lgan filmda uning roli kameo bo‘ladi. Hüllerning filmda ishtirok etishi haqidagi mish-mishlar uning ismi shu oy boshida Avengers: Doomsday loyihasining Britaniya kaskadyorlar reyestrida paydo bo‘lgani ortidan tarqalgan. Uning qahramoni haqida tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

Ayrim taxminlarga ko‘ra, u Robert Downey Jr. ijro etadigan Doctor Doom bilan birga Latveriyalik jodugar rolida ko‘rinishi mumkin. Boshqa versiyada esa aktrisa Doomning onasini gavdalantirishi aytilmoqda.

Filmda hali e’lon qilinmagan boshqa Avengers va X-Men aktyorlari ham paydo bo‘lishi mumkin.