Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Robert Pattinson va Nicholas Hoult navbatdagi James Bond roli uchun sinovdan o‘tdi

Deadline xabariga ko‘ra, Robert Pattinson va Nicholas Hoult navbatdagi 007 roliga da’vogarlar ishtirokidagi so‘nggi ekran sinovlariga qo‘shilgan.

Robert Pattinson va Nicholas Hoult navbatdagi James Bond roli uchun sinovdan o‘tdi
Rasm: Deadline

Ular avvalroq sinovdan o‘tgani ma’lum bo‘lgan Jack Lowden, Josh O’Connor va Callum Turner bilan birga qatnashgan. Bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan. Manbalarga ko‘ra, avval to‘rt aktyor sinovdan o‘tgani aytilgan, biroq so‘nggi daqiqada beshinchi sinov ham qo‘shilgan.

Uning qaysi aktyor ekani noma’lum. Keyingi 007 aktyorini tanlash jarayoni bahorda boshlangan: studiya kasting rejissyori Nina Gold loyihaga qo‘shilgani va izlanishlar boshlanganini e’lon qilgan. Ikki oylik uchrashuvlardan so‘ng dastlabki tinglovlar avgustda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yakuniy sinovlar aktyorlarning jadvalidagi ziddiyatlar sabab oktabr oxiriga ko‘chirilgan. Amazon izoh bermagan.