Red Sea Film Festival 2026 yilgi dasturini bekor qildi
Saudiya Arabistonidagi Red Sea Film Festival 3–12 dekabr kunlariga rejalashtirilgan oltinchi festivalini bekor qildi.

Arab dunyosidagi eng nufuzli kino tadbiri va kinobozori hisoblangan festival 2027 yilning to‘rtinchi choragida qayta o‘tkaziladi. Tashkilotchilar tadbir “yangilangan qarash va Saudiya Arabistoni, mintaqa hamda butun dunyo kinematografiyasi va ijodkorlarini nishonlashni davom ettiradigan dastur” bilan qaytishini ma’lum qildi.
Press-relizda qaror festivalning navbatdagi sanasi va xalqaro miqyosdagi tadbirni o‘tkazish uchun zarur logistika masalalari har tomonlama ko‘rib chiqilgani bilan izohlangan. Red Sea Film Festival and market 2019 yilda tashkil etilgan. Joriy yilda Saudiya Arabistonining Formula One Grand Prix poygasi ham bekor qilingan edi.