Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Poison Ivy haqidagi serial HBO’da ishlab chiqilmoqda

Batman’ning raqibi Poison Ivy haqida serial HBO va DC Studios uchun ishlab chiqilmoqda.

Poison Ivy haqidagi serial HBO’da ishlab chiqilmoqda
Rasm: The Hollywood Reporter

The Penguin seriali ijodkori va shouraneri Lauren LeFranc loyiha prodyuseri bo‘lish bo‘yicha muzokara olib bormoqda, deb xabar berdi The Hollywood Reporter. Serial hali dastlabki bosqichda, aktyorlar tarkibi va ssenariy muallifi haqida ma’lumot yo‘q. Loyiha The Batman rejissyori Matt Reeves yaratgan qahramonlar olamiga kirmasligi aytilmoqda.

Yangilikni birinchi bo‘lib Deadline xabar qilgan, HBO esa izoh berishdan bosh tortgan. Batman komikslari olamida Poison Ivy — o‘simlikshunos Dr. Pamela Isleyning boshqa qiyofasi.

U o‘simliklarni boshqarish uchun g‘ayritabiiy kuchlarga ega bo‘lib, Gothamda ekologik terrorchiga aylanadi. Qahramon 1966-yilda komikslarda debyut qilgan. Unga 1997-yilgi Batman & Robin filmida Uma Thurman obraz bergan.