Pixar’da Jim Morris faxriy prezident lavozimiga o‘tadi, Jonathan Garson yangi prezident bo‘ladi
Disney’ning Pixar animatsiya studiyasida rahbariyat almashadi: 12 yil davomida prezident bo‘lib ishlagan, studiyada 21 yillik tajribaga ega Jim Morris President Emeritus lavozimiga o‘tadi.

Uning o‘rnini Disney’da 30 yildan ortiq ishlagan Jonathan Garson egallaydi. O‘zgarishlar 2027-yil 4-yanvardan kuchga kiradi. Pete Docter Pixar’ni Chief Creative Officer sifatida boshqarishda davom etadi.
Jonas Rivera esa ijodkorlar va loyihalarni rivojlantirishga rahbarlik qiluvchi kengaytirilgan Creative Executive VP lavozimiga o‘tadi. Morris Incredibles 3 filmining ijrochi prodyuseri bo‘lib qoladi; film 2028-yil 16-iyunda kinoteatrlarda chiqadi. U Pixar va Walt Disney studiyasida iqtidorlarni rivojlantirish, mentorlik hamda texnologik tashabbuslarga e’tibor qaratishda davom etadi.
Garson Pixar ishlab chiqarishi va faoliyatining barcha yo‘nalishlarini nazorat qiladi. Har ikki rahbar Disney Entertainment Studios raisi Alan Bergmanga hisobot beradi.