Netflix Haunted Hotel serialini uchinchi mavsumga uzaytirdi
Netflix Haunted Hotel animatsion serialini uchinchi mavsumga uzaytirdi.

Yangi mavsum 2027-yilda namoyish etilishi kutilmoqda. Kattalar uchun mo‘ljallangan komediya “Rick & Morty” muallifi Matt Roller tomonidan yaratilgan. Serial Undervale — dunyodagi eng arvohli mehmonxonani boshqaradigan yolg‘iz ona va uning ikki farzandi haqida.
U g‘ayritabiiy mehmonlar bilan ishlashda arvoh akasi, yosh bolaning tanasida qamalib qolgan jin hamda boshqa g‘ayritabiiy do‘stlaridan yordam oladi. Rollerning aytishicha, uchinchi mavsum ssenariylari allaqachon yozilgan, ijodkorlar esa 10 ta epizod yaratishni rejalashtirmoqda. Will Forte, Eliza Coupe, Skyler Gisondo, Natalie Palamides va Jimmi Simpson ovoz beruvchi aktyorlar tarkibiga qaytadi.
Ikkinchi mavsum shu oy boshida chiqib, Global English TV Top 10 ro‘yxatiga kirgan. Birinchi mavsum 2025-yil sentyabridagi premyerasidan beri 15 milliondan ortiq ko‘rish to‘plagan.