Netflix Blue Eye Samurai serialining 2-mavsumi sanasi e’lon qilindi
Netflix platformasida Blue Eye Samurai animatsion serialining 2-mavsumi 2027-yil 19-yanvarda chiqadi.

Avval serialning yangi mavsumi 2027-yil boshida namoyish etilishi aytilgan edi. Emmy mukofotini qo‘lga kiritgan serialning ilk mavsumi 2023-yil 3-noyabrda taqdim etilgan. Uni Amber Noizumi va Michael Green yaratgan.
2-mavsumda Maya Erskine Mizu obraziga ovoz berishda davom etadi. Shuningdek, Brenda Song, Darren Barnet, Masi Oka va Kenneth Branagh qaytadi. Jonathan Pryce, Joel Kim Booster va Sherry Cola yangi qahramonlarga ovoz beradi.
Serialning animatsiyasi bilan yana Blue Spirit studiyasi shug‘ullanadi. Yangi mavsum voqealari Londonda davom etadi; Akemi va Taigen esa Edo qal’asida yangi syogun hukmronligi ostida qoladi, Ringo esa o‘ziga yangi maqsad izlaydi.