Netflix 2026-yil oktabrida taqdim etadigan serial va filmlar ro‘yxati
Netflix 2026-yil oktabrida litsenziyalangan va original filmlar hamda seriallarni katalogiga qo‘shadi.

Oy davomida qo‘rqinchli janrdagi ko‘plab loyihalar, yangi mavsumlar va boshqa premyeralar namoyish etiladi. Platforma sentabr oyida Alien, Jaws filmlari to‘plami va Resident Evil turkumini, shuningdek The Gentlemen serialining 2-mavsumini qo‘shgan edi. Oktabrda Evil Dead, Friday the 13th, Hush va The Sixth Sense kabi qo‘rqinchli filmlar paydo bo‘ladi.
Shuningdek, Moonlight, Pearl Harbor va The Twilight Saga filmlari ham katalogdan o‘rin oladi. Netflix original loyihalari qatorida Schumacher '94 — The Birth of a Legend hujjatli filmi, Tyler Perry’s Doing Life va Below mini-seriali bor. Ma’lumot 2026-yil 23-sentabrda e’lon qilingan.