Monarch: Legacy of Monsters uchinchi mavsumida ijodiy yangilanish va yangi Titanlar kutilmoqda
Apple TV Monarch: Legacy of Monsters serialini uchinchi mavsumga rasman uzaytirgani yo‘q, biroq TVLine manbalariga ko‘ra, platforma yangi qismlar ustida Legendary Television prodyuserlik kompaniyasi bilan muzokara qilmoqda.

Agar kelishuv amalga oshsa, serial yangi yo‘nalishga o‘tishi mumkin. Rejaga yangi ssenariynavislar jalb etilishi, shuningdek, Monsterverse olamidan yangi Titanlar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Variety ma’lumotiga ko‘ra, Monarch shouranneri lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan bir nechta nomzod bilan bog‘lanilgan, ammo ularning ismlari oshkor qilinmagan.
Serialni Chris Black va Matt Fraction birgalikda yaratgan. Black ikkinchi mavsumda shouranner bo‘lgan. Kutilayotgan ijodiy o‘zgarishlar sabab aktyorlar tarkibidan kimdir ketadimi-yo‘qmi, hozircha noma’lum.