Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Michael Douglas Marvel’dagi Ant-Man qahramonini o‘ldirishni so‘ragan

Michael Douglas Marvel kinematik olamidagi ishtirokidan so‘ng qahramoni Hank Pym’ni hikoyadan chiqarishni xohlaganini aytdi.

Michael Douglas Marvel’dagi Ant-Man qahramonini o‘ldirishni so‘ragan
Rasm: Deadline

Aktyor bu haqda Happy Sad Confused podkastiga bergan intervyusida gapirdi. “Ikkinchi filmdan keyin meni o‘ldirishlari kerak edi, ammo bunga ruxsat berishmadi”, dedi Douglas. U, shuningdek, ko‘p kompyuter grafikasi qo‘llanadigan filmda rol ijro etishni istaganini aytdi.

Aktyor yashil ekran oldida ishlash tajribasini sinab ko‘rishga qiziqqan, biroq bunday loyihalarda aktyorlik qilish qiyinligini ta’kidladi. Douglas 2015-yilda Ant-Man filmida Hank Pym rolini ijro etgan. U 2018-yildagi Ant-Man and the Wasp, 2019-yildagi Avengers: Endgame va 2023-yildagi Ant-Man and the Wasp: Quantumania filmlarida ham shu obrazga qaytgan.

Shuningdek, 2021–2023-yillarda Disney+ animatsion serialidagi qahramonga ovoz bergan.