Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Marvel Studios Patrick Stewart vafotidan so‘ng aktyorga hurmat bajo keltirdi

Sir Patrick Stewart 86 yoshida vafot etdi.

Marvel Studios Patrick Stewart vafotidan so‘ng aktyorga hurmat bajo keltirdi
Rasm: /Film

Aktyor 2000-yilda chiqqan X-Men filmidan boshlab Charlz Ksaveyr, ya’ni Professor X obrazini ijro etib, bir necha avlod muxlislari yodida qoldi. U X-Men yetakchisining obrazini Logan filmida ham gavdalantirgan. Stewart, shuningdek, Star Trek olamidagi Jean-Luc Picard roli bilan ham tanilgan edi.

Aktyor bu yil chiqadigan Avengers: Doomsday filmida Professor X roliga so‘nggi marta qaytishi kerak edi. Marvel Studios uning vafoti munosabati bilan bayonot berdi. Kompaniya Stewart obrazni “g‘ayrioddiy nafislik, aql-zakovat va insoniylik” bilan jonlantirgani, uni avlodlar uchun belgilab bergani, noyob iste’dod va haqiqiy janob bo‘lganini ta’kidladi.

Marvel Studios aktyorning rafiqasi Sunny, farzandlari, do‘stlari va butun dunyodagi muxlislariga hamdardlik bildirdi.