Magic: The Gathering filmi ilk aktyorini tarkibga qo‘shdi
Legendary va Hasbro Magic: The Gathering stol o‘yini asosidagi film uchun ilk aktyorni tanladi.

Deadline xabariga ko‘ra, Stranger Things serialidagi roli bilan tanilgan Maya Hawke film aktyorlari tarkibiga qo‘shilgan. Manbalarning aytishicha, Hawke ansambl ruhidagi loyihada “muhim” rolni ijro etadi. U bu rol uchun kasting sinovidan o‘tmagan, balki studiyalar uchun ustuvor nomzod bo‘lgan.
Magic: The Gathering filmi ustidagi ishlar dastlab 2010-yillarning o‘rtalarida 20th Century Fox’da boshlangan, biroq Disney studiyani sotib olganidan keyin loyiha to‘xtatilgan. Keyinchalik Hasbro film olamining yaratilishi uchun Dune filmi bilan tanilgan Legendary kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan. Film va teleserial haqida ilk bor 2025-yil fevralida e’lon qilingan edi.