Jon Stewart The Daily Show dasturini 2028-yil dekabrigacha olib boradi
Comedy Central Jon Stewart bilan The Daily Show dasturini olib borish bo‘yicha kelishuvni 2028-yil dekabrigacha uzaytirdi.

Bu haqda dushanba kuni Skydance Television ma’lum qildi. Yangi kelishuv Stewartning 2028-yilgi prezidentlik saylovi va undan keyingi davrda ham dastur boshlovchisi bo‘lib qolishini ta’minlaydi. U, shuningdek, ijrochi prodyuser sifatidagi faoliyatini davom ettiradi.
Stewart The Daily Show dasturini dastlab 1999-yildan 2015-yilgacha olib borgan, 2024-yil fevralida esa o‘sha yilgi prezidentlik saylovlari arafasida dasturga qaytgan. Amaldagi formatga ko‘ra, u dushanba kunlari boshlovchilik qiladi. Seshanbadan payshanbagacha esa Ronny Chieng, Josh Johnson, Jordan Klepper, Michael Kosta va Desi Lydic navbatma-navbat boshlovchilik qiladi.
Troy Iwata va Grace Kuhlenschmidt muxbirlar sifatida qatnashadi.