Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Jason Sudeikis ‘Ted Lasso’ning 5- va 6-mavsumlari haqida fikr bildirdi

‘Ted Lasso’ seriali hammuallifi va bosh rol ijrochisi Jason Sudeikis uning 5- va 6-mavsumlari ehtimoli haqida gapirdi.

Jason Sudeikis ‘Ted Lasso’ning 5- va 6-mavsumlari haqida fikr bildirdi
Rasm: Deadline

U yaqinda Talk Easy with Sam Fragoso podkastida serialni davom ettirishni “istashini” aytdi, biroq buning uchun “butun bir jamoa kerak”ligini ta’kidladi. Sudeikis avval serial 3-mavsum bilan yakunlanadi, deb o‘ylagan, keyin esa 4-mavsum yaratilgan. Apple yangi qismlarga qiziqishi mumkinmi, degan savolga aktyor “shunday deb taxmin qilaman”, deya javob berdi.

Biroq serial davom etadimi, degan savolga u aniq bilmasligini aytdi. Sudeikis hozircha yangi mavsumlar ustida ish boshlanmagani, xususan, ssenariynavislar xonasi hali tuzilmaganini ma’lum qildi.