James Bond nomzodlari bu hafta 007 roli uchun ekran sinovidan o‘tadi
Denis Villeneuve rejissyorlik qiladigan navbatdagi James Bond filmi uchun 007 roliga da’vogar aktyorlar bu hafta oxirida London shahrida ekran sinovidan o‘tishi kutilmoqda.

The Hollywood Reporter va Variety nashrlari bir nechta manbaga tayanib, sinovlarda Callum Turner hamda Slow Horses serialidagi Jack Lowden qatnashishini yozdi. Sinovlar uch qismdan — kaskadyorlik, kamera oldidagi chiqish va dialogdan — iborat bo‘lishi aytilmoqda. Yakuniy nomzodlar soni uchdan beshgacha ekani haqida turli ma’lumotlar bor.
Rolni 2021-yildagi No Time to Die filmidan keyin Daniel Craig tark etgan. The Hollywood Reporter xabariga ko‘ra, Sinners filmidagi Jack O’Connell va Wuthering Heights filmidagi Jacob Elordi sinovda qatnashmaydi. Film ssenariysini Steven Knight yozadi.
Amazon MGM Studios xabarlarni tasdiqlamadi ham, inkor etmadi ham.