HBO’ning Harry Potter serialida yangi aktyorlar tarkibi e’lon qilindi
HBO’ning Harry Potter seriali premyerasiga yaqinlashar ekan, loyiha ijodkorlari bir nechta muhim qahramonlar ijrochilarini ma’lum qildi.

Serialning birinchi mavsumi “Harry Potter and the Philosopher's Stone” asariga asoslanadi. David Threlfall Xogvartsdagi yangi o‘quvchilarni to‘rt fakultetdan biriga taqsimlaydigan Sehrlangan shlyapaga ovoz beradi. Leo Bill Griffindorning arvohi Nearly Headless Nick, Andrew Brooke Slizerinning arvohi Bloody Baron, Daniel Fearn esa Haflpaff fakultetining arvohi Fat Friar rolini ijro etadi.
Laura Smyth Griffindor yotoqxonasiga olib kiruvchi eshikni yashiradigan portretda yashovchi Fat Lady obrazini o‘ynaydi. U kirishdan oldin doim o‘zgarib turadigan parolni talab qiladi. Ravenclawning arvohi Gray Lady ijrochisi hozircha e’lon qilinmagan.