HBO’ning Harry Potter seriali James va Lily Potter rollari ijrochilarini e’lon qildi
HBO’ning Harry Potter seriali birinchi mavsum uchun Charlie Weasley, James Potter va Lily Potter rollarini ijro etadigan aktyorlarni tanishtirdi.

Harry Gilby Charlie Weasley obrazida ko‘rinadi. Jasper Talbot va Hannah Chinn esa Harry Potterning ota-onasi James va Lily Potter rollarini o‘ynaydi. Bu qahramonlar va ular bilan bog‘liq lavhalar Harry Potter filmlarida ko‘rsatilmagan edi.
Serialni avval HBO’ning Succession loyihasida ishlagan Francesca Gardiner boshqarmoqda. U yetti kitobning har birini imkon qadar to‘liq moslashtirishni maqsad qilgan. Charlie Weasley sehrgarlar oilasining ikkinchi katta o‘g‘li bo‘lib, Ruminiyada ajdarho boquvchisi sifatida ishlaydi.
Serialning birinchi mavsumi Harry Potter and the Philosopher’s Stone asari asosida suratga olinadi. Voldemort rolini kim ijro etishi hozircha sir saqlanmoqda.