Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Gwyneth Paltrow A24 va Netflix seriali The Apology’da bosh rolni ijro etadi

Gwyneth Paltrow Netflix platformasida namoyish etiladigan A24 kompaniyasining yangi The Apology serialida bosh rolni ijro etadi.

Gwyneth Paltrow A24 va Netflix seriali The Apology’da bosh rolni ijro etadi
Rasm: TheWrap

Netflix loyiha uchun ikki mavsumga buyurtma bergan. Serialni Thomas Vinterberg suratga oladi. Bu Paltrowning teleserialdagi ilk bosh roli bo‘ladi.

Aktrisa 18 yil avval o‘g‘li o‘ldirilgan Evelyn Amspoker obrazini gavdalantiradi. Ayol va uning eri Caleb qotilning jazosi qisqartirilishi mumkinligini bilgach, o‘zlari chora ko‘rishga qaror qiladi. Loyiha yaratuvchisi, bosh muallifi va ssenariy muallifi — The Woman in the Wall seriali bilan tanilgan Joe Murtagh.

Joe Hipps serialni Murtagh, Vinterberg va Paltrow bilan birga ijrochi prodyuser sifatida tayyorlaydi. The Apology Paltrowning Netflix bilan ilk hamkorligi emas: u The Politician serialining ikki mavsumida va The Goop Lab loyihasida qatnashgan.