Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Godzilla Minus Zero filmi ilk tanqidlarda yuqori baho oldi

Godzilla Minus Zero filmi 26-sentabr kuni New York Film Festival doirasidagi premyerasidan so‘ng tanqidchilarning yuqori baholariga sazovor bo‘lmoqda.

Godzilla Minus Zero filmi ilk tanqidlarda yuqori baho oldi
Rasm: /Film

2026-yilning kutilayotgan blokbasterlaridan biri bo‘lgan film 2023-yilda chiqqan Godzilla Minus One filmining bevosita davomi hisoblanadi. Rejissyor Takashi Yamazaki hamda asosiy inson qahramonlari rollarini ijro etgan aktyorlar, jumladan Ryunosuke Kamiki, yangi filmda qaytgan.

/Film tanqidchisi Jeremy Mathai kartinani “vizual jihatdan jozibali va texnik mo‘jiza” deb atadi, biroq u Godzilla Minus One darajasiga biroz yetmasligini yozdi. Hoai-Tran Bui film davomida yig‘lagani va Godzilla mavzusi yangraganda qarsak chalganini bildirdi. David Gonzalez va Brandon Lewis esa filmni kuchli, ta’sirchan va hayratlanarli kaiju filmi sifatida baholadi.