Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Erin Foster: Adam Brodining Falastin haqidagi qarashlariga qo‘shilmayman

“Nobody Wants This” seriali yaratuvchisi Erin Foster Adam Brodining Falastinni qo‘llab-quvvatlagan bayonotiga munosabat bildirdi.

Erin Foster: Adam Brodining Falastin haqidagi qarashlariga qo‘shilmayman
Rasm: Variety

U Amanda Hirsch olib boradigan “Not Skinny but Not Fat” podkastining navbatdagi sonida Brodining GQ nashriga bergan intervyusi haqida gapirdi. Aktyor unda “meni erkin Falastinni istovchilar qatoriga qo‘shing”, degan. Brody Kristen Bell bilan birga “Nobody Wants This” serialida rol ijro etadi.

Fosterning aytishicha, suratga olish maydonidagi muhit dunyodagi ko‘plab oilalardagi munozaralarga o‘xshaydi. “Men Adamni yaxshi ko‘raman, ammo u bilan fikrim bir emas va bu normal”, dedi u. Foster yahudiylikni qabul qilib, turmush qurganidan keyingi shaxsiy tajribasi asosida yaratilgan serial yahudiylikka bag‘ishlangan sevgi maktubi ekanini ta’kidladi.

U yahudiy muxlislarining his-tuyg‘ularini tushunishini bildirdi.