Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Emily Osment Young Sheldon serialida yaqinlik koordinatori so‘raganini aytdi

Young Sheldon serialida Mandy McAllister rolini ijro etgan Emily Osment ekrandagi sevgilisi Montana Jordan bilan o‘pish sahnalari oldidan yaqinlik koordinatori so‘raganini ma’lum qildi.

Emily Osment Young Sheldon serialida yaqinlik koordinatori so‘raganini aytdi
Rasm: TheWrap

Osmentning aytishicha, suratga olish paytida u 30 yoshda, Jordan esa 18 yoshda bo‘lgan va yosh farqi aktrisaga noqulay tuyulgan. “U go‘dak edi! Soch turmagi uzun go‘dak”, — dedi Osment.

U prodyuser Tim Marx bilan gaplashgan, biroq koordinatori o‘sha kunning o‘zida topishning imkoni bo‘lmagan. Keyingi qismlarda, munosabatlar rivojlangani sababli, suratga olish maydonida koordinator bo‘lgan. Osment bu holat jarayonni ancha yengillashtirganini ta’kidladi.

Rejissor Alex Reid esa dastlab yaqinlik koordinatori masalasida xato qilinganini tan oldi va bunga serialda jinsiy sahnalar kamligi sabab bo‘lganini aytdi.