Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Dune: Part Three filmi haqida: chiqish sanasi, aktyorlar va treylerlar

Denis Villeneuve rejissyorligidagi Dune: Part Three filmi Frank Herbertning Dune Messiah nomli ikkinchi kitobiga asoslanadi.

Dune: Part Three filmi haqida: chiqish sanasi, aktyorlar va treylerlar
Rasm: Rotten Tomatoes

Voqealar Pol Atreides imperator sifatidagi hukmronligining 12-yilida kechadi. Syujetda unga suiqasd uyushtirish rejasi va Muad’Dibning mavjud vaziyatdan tushkunligi tasvirlanadi. Pol kelajakni ko‘rish qobiliyatini saqlab qolgan va unga qarshi kuchlar birlashayotganini qisman anglaydi.

Film Villeneuve ishlagan Dune turkumining navbatdagi qismi bo‘ladi. Dune romanining avvalgi ekranlashtirishlari orasida Alejandro Jodorowsky, Ridley Scott va Peter Berg amalga oshira olmagan loyihalar, shuningdek, 1984-yilda suratga olingan David Lynch filmi bor. Villeneuve versiyasining dastlabki ikki filmi Frank Herbert asarini ommaviy muvaffaqiyatga olib chiqdi.

Turku mda Herbertning yana beshta kitobi mavjud.