Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

Donald Glover ishtirokidagi PUBG seriali Netflix’da ishlab chiqiladi

Netflix Krafton kompaniyasining mashhur PUBG videoo‘yini asosida jonli ijrodagi serial ustida ishlamoqda.

Donald Glover ishtirokidagi PUBG seriali Netflix’da ishlab chiqiladi
Rasm: Screen Rant

Deadline xabariga ko‘ra, Donald Glover loyiha rejissyori, bosh ijrochisi, ssenariy muallifi va ijrochi prodyuseri bo‘ladi. Uning akasi Stephen Glover hamda Michael Schaefer, Taeseok, Fam Udeorji va Sujin Lee ijrochi prodyuser sifatida qatnashadi. Neon tomonidan ishlab chiqarilayotgan loyiha Netflix va Krafton o‘rtasidagi yangi eksklyuziv hamkorlik doirasida yo‘lga qo‘yilgan.

PUBG — PlayerUnknown's Battlegrounds nomining qisqartmasi — 2017-yilda chiqarilgan. O‘yin 75 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Dastlab kompyuter va Xbox One uchun taqdim etilgan PUBG keyinchalik mobil qurilmalarga ham moslashtirildi va 2022-yilda bepul o‘ynash modeliga o‘tdi.

Serialning namoyish sanasi hozircha e’lon qilinmagan.