David Fincher Quentin Tarantinoning Cliff Booth ssenariysidan 60 sahifani qisqartirdi
David Fincher Quentin Tarantino yozgan va Brad Pitt bosh rolni ijro etgan The Further Mis-Adventures of Cliff Booth filmini suratga oldi.

Rejissyor Empire nashriga bergan qo‘shma intervyusida ssenariyning dastlabki nusxasi 230 sahifadan iborat bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu deyarli ikki film hajmiga teng edi va yakunda 60 sahifa qisqartirildi. Qisqartirishlardan so‘ng filmning davomiyligi taxminan 2 soat 20 daqiqani tashkil qilgan.
Once Upon a Time in Hollywood filmida Cliff Booth rolini ijro etgan Brad Pitt yangi loyihada ham shu obrazga qaytadi. Film 25-noyabr kuni Imax formatida namoyish etilishi, 23-dekabrdan esa Netflix platformasida chiqishi rejalashtirilgan. Unda Elizabeth Debicki, Scott Caan, Carla Gugino, Yahya Abdul-Mateen II va Peter Weller ham rol o‘ynagan.