Cinemark Netflix talabi sabab Brad Pitt ishtirokidagi Cliff Booth filmini namoyish etmaydi
Cinemark va Regal The Further Mis-Adventures of Cliff Booth filmini o‘zlarining Imax ekranlarida namoyish etmaslikka qaror qildi.

Shu tariqa film yirik kinoteatr tarmoqlari orasida amalda faqat AMC ekranlarida ko‘rsatiladi. Cinemark bosh direktori Sean Gamble kompaniyaning qaroriga Netflix taklif qilgan juda qisqa prokat muddati sabab bo‘lganini aytdi. Film kinoteatrlarda atigi ikki hafta namoyish etiladi, shundan so‘ng Netflix platformasiga o‘tadi.
Gamble bunday shartlar kinoteatrlar bozori uchun foydali emasligini va kompaniya kelajakdagi muzokaralarga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan namuna yaratishni istamasligini bildirdi. Brad Pitt filmda kaskadyor obrazini yana ijro etadi. Asar Quentin Tarantino tomonidan yozilgan, David Fincher esa rejissyorlik qilgan.
Film 25 noyabrda kinoteatrlarda chiqadi, 23 dekabrda esa Netflix’da namoyish etiladi.