Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

BBC That Mitchell and Webb Look serialidan Blackface lavhalarini olib tashladi

BBC That Mitchell and Webb Look komediya serialini 20 yilligi munosabati bilan iPlayer platformasida qayta namoyish etdi.

BBC That Mitchell and Webb Look serialidan Blackface lavhalarini olib tashladi
Rasm: Deadline

Biroq Reddit foydalanuvchilari serialdan ayrim lavhalar olib tashlanganini payqadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, BBC Studios ishlab chiqargan, Peep Show aktyorlari David Mitchell va Robert Webb ishtirokidagi serialdan 11 tagacha lavha chiqarib tashlangan.

BBC vakili serial 20 yil avval yaratilganini aytib, dastur mualliflari bilan maslahatlashilganidan so‘ng, bugun ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan lavhalar qoldirilganini bildirdi. Olib tashlangan qismlar orasida Mitchell va Webb ingliz fuqarolar urushi sahnalarini qayta jonlantiruvchilar obrazida chiqadigan lavha ham bor.

Yana bir lavhada Webb va Olivia Colman pardozlash ko‘rsatuviga parodiya qiladi, yakunda esa David Mitchell Blackface grimida ko‘rinadi.