Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

“Baywatch” rebooti Fox telekanalida 6-yanvar kuni namoyish etiladi

Fox 1990-yillardagi mashhur plyaj seriali “Baywatch” rebooti 6-yanvar kuni soat 21:00 da premyera qilinishini e’lon qildi.

“Baywatch” rebooti Fox telekanalida 6-yanvar kuni namoyish etiladi
Rasm: Variety

2026–2027 telemavsumiga mo‘ljallangan serial 12 qismdan iborat bo‘ladi. Unda Stephen Amell original serialdagi sho‘x bola Hobie Buchannonning ulg‘aygan qiyofasini gavdalantiradi. Endi Baywatch kapitani bo‘lgan Hobie otasi Mitch izidan boradi.

Uning hayoti o‘zi ilgari bilmagan qizi Charlie (Jessica Belkin) kutilmaganda paydo bo‘lgach o‘zgaradi. Charlie oilaviy an’anani davom ettirib, otasi bilan birga Baywatch qutqaruvchisi bo‘lishga intiladi. Aktyorlar tarkibida Shay Mitchell, Brooks Nader, Hassie Harrison, Livvy Dunne, Noah Beck, David Chokachi va Thaddeus LaGrone ham bor.

Serial Los-Anjelesda 2026-yil bahorida suratga olina boshlagan. Original “Baywatch” 1989-yilda chiqqan va 200 dan ortiq mamlakatda namoyish etilgan.