Apple TV Maximum Pleasure Guaranteed serialini 2-mavsumga uzaytirdi
Apple TV Tatiana Maslany bosh rolni ijro etgan Maximum Pleasure Guaranteed komedik trillerini 2-mavsumga uzaytirdi.

Bu haqda TVLine xabar berdi. Serial ijodkori va shou-ranneri David J. Rosen bayonotida “MPG” hikoyasini davom ettirishdan mamnun ekanini aytdi hamda Apple TV, aktyorlar va suratga olish guruhiга minnatdorlik bildirdi.
Maslany serialda ajrashgan, farzand tarbiyalayotgan Paula obrazini gavdalantiradi. Aktyorlar tarkibida Charlie Hall, Kiarra Hamagami Goldberg, Dolly de Leon, Jake Johnson, Jessy Hodges va Raymond Lee ham bor. Maslany Orphan Black serialidagi ko‘plab klonlar roli uchun Emmy mukofotini qo‘lga kiritgan.
David J. Rosen ssenariy muallifi va ijrochi prodyuser sifatida ishlaydi, David Gordon Green esa rejissyor va qo‘shimcha ijrochi prodyuser sifatida loyihaga qo‘shilgan.