Antonio Banderas True Detective 5-mavsum aktyorlar tarkibiga qo‘shildi
HBO’ning True Detective antologik seriali 5-mavsumida Nicolas Cage bilan birga Antonio Banderas ham suratga tushadi.

Banderas loyihada Rai Garcia rolini ijro etadi. Cage esa Nyu-Yorkdagi Comic Con tadbirida 5-mavsumda Henry Logan obrazini gavdalantirishini tasdiqlagan edi. Aktyorning serialdagi ishtiroki haqidagi dastlabki xabarlar bundan bir yildan ko‘proq vaqt oldin paydo bo‘lgan.
Banderas uchun bu televideniyedagi kam uchraydigan doimiy rollardan biri bo‘ladi. U filmdan tashqaridagi so‘nggi bosh rolini 2018-yilda namoyish etilgan Genius serialida ijro etgan va unda rassom Pablo Picasso obrazini yaratgan. True Detective avvalgi mavsumlarida Jodie Foster, Kali Reis, Mahershala Ali, Steven Dorff, Colin Farrell, Vince Vaughn va Rachel McAdams kabi aktyorlarni ham birlashtirgan.
Loyiha haqidagi ma’lumotlar yangilanmoqda.