Kinofeeds · Yangiliklar · Maqolalar · Roʻyxatlar · Mualliflar

American Horror Story seriali 14-mavsumga uzaytirildi

Ryan Murphy yaratgan American Horror Story antologik seriali FX va Hulu platformalari uchun 14-mavsumga uzaytirildi.

American Horror Story seriali 14-mavsumga uzaytirildi
Rasm: TVLine

Bu haqda TVLine xabar berdi. Yangilik serialning 13-mavsumi finalidan bir hafta oldin e’lon qilindi. Final qism 29-oktabr, payshanba kuni FX kanalida namoyish etiladi.

Joriy mavsum «Horror Story» tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, avvalgi 12 mavsumdagi muxlislar sevgan qahramonlar va syujet yo‘nalishlarini birlashtiradi. «AHS: 13» mavsumida Sarah Paulson, Evan Peters, Angela Bassett, Kathy Bates, Emma Roberts, Billie Lourd, Gabourey Sidibe, Leslie Grossman, Joey Pollari va Jessica Lange rol o‘ynagan. Ularning istalgan biri 14-mavsumda qaytishi mumkin.

Serial 2011-yilda namoyish etila boshlagan va jami 17 ta Primetime Emmy mukofotini qo‘lga kiritgan, shuningdek 100 dan ortiq nominatsiya olgan.